https://oz.sputniknews.uz/20231031/ozbekiston-falastin-40534371.html
O‘zbekiston Falastinning mustaqil davlat barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi – Mirziyoyev
O‘zbekiston Falastinning mustaqil davlat barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
“Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim. Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Mirziyoyev.
2023-10-31T17:45+0500
2023-10-31T17:45+0500
2023-11-01T14:55+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
falastin
isroil-falastin mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40533518_0:23:1280:743_1920x0_80_0_0_a0a5d478b923d6bb737d7fb133ac4155.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Falastinning mustaqil davlat barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi va HAMAS harakati o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar gumanitar inqirozni chuqurlashtirmoqda, tinch, begunoh aholi orasida ko‘p sonli qurbonlarga olib kelmoqda. Bolalar va ayollar halok bo‘lmoqda, odamlar boshpanasidan ayrilmoqda, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.O‘zbekiston rahbari Falastin va Isroil tomonidan qurbon bo‘lgan barcha insonlarning oilalariga chin dildan ta’ziya va hamdardlik izhor etdi.Davlat rahbari zo‘ravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli to‘qnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga olib kelishini ta’kidladi.Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmay, uzoq o‘lkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini bashorat qilib bo‘lmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin. "Aynan shuning uchun ham biz har ikki tomonni zudlik bilan gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga, jangovar harakatlarni to‘xtatib, nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etishga chaqiramiz", - dedi O‘zbekiston rahbari.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1f/40533518_39:0:1176:853_1920x0_80_0_0_e6a5d7aede76d882ec3df8ff747816e5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev falastin isroil mojarosi munosabat o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev falastin isroil mojarosi munosabat o‘zbekiston
O‘zbekiston Falastinning mustaqil davlat barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi – Mirziyoyev
17:45 31.10.2023 (yangilandi: 14:55 01.11.2023) Mirziyoyev: Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekiston Falastinning mustaqil davlat barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev
ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi va HAMAS harakati o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar gumanitar inqirozni chuqurlashtirmoqda, tinch, begunoh aholi orasida ko‘p sonli qurbonlarga olib kelmoqda. Bolalar va ayollar halok bo‘lmoqda, odamlar boshpanasidan ayrilmoqda, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lmoqda.
O‘zbekiston rahbari Falastin va Isroil tomonidan qurbon bo‘lgan barcha insonlarning oilalariga chin dildan ta’ziya va hamdardlik izhor etdi.
“Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim. Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari zo‘ravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli to‘qnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga olib kelishini ta’kidladi.Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmay, uzoq o‘lkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini bashorat qilib bo‘lmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin.
"Aynan shuning uchun ham biz har ikki tomonni zudlik bilan gumanitar maqsadlarda murosaga kelishga, jangovar harakatlarni to‘xtatib, nizoni tinchlik yo‘li bilan hal etishga chaqiramiz", - dedi O‘zbekiston rahbari.