Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Xokimiyat Sirdarinskoy oblastiSarvar Sultonov
Sarvar Sultonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Bugun, 31-oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Akmaljon Maxmudaliyev tuman hokimi lavozimiga ayni kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sultonov Sarvar To‘lqinbek o‘g‘li nomzodini tavsiya etdi.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0