Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lidagi ko‘prik qisman yopildi

© Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiBo‘stonliq tumani
Bo‘stonliq tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘prik 25 kun muddatga yopildi. Toshkent-Chorbog‘ yo‘nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etildi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lidagi ko‘prik qisman yopildi, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB YHXB.
Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘ q.” avtomobil yo‘lining 32-kilometrida (Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlari chegarasida joylashgan ko‘prik) joylashgan ko‘prikning Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishidagi qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Shu sababli ko‘prik 25 kun muddatga yopildi. Toshkent-Chorbog‘ yo‘nalishdagi qismida esa qarama-qarshi harakat tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, dam olish kunlarining ayrim vaqtlarida Chorbog‘-Toshkent yo‘nalishida tirbandliklar yuzaga kelmoqda.
Xabarda haydovchilardan vaziyatdan kelib chiqib harakatlanish hamda YPX inspektorlari va yo‘l belgi talablariga bo‘ysunishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0