"Uzbekistan Airways" yo‘lovchilardan aeroportga kechikmaslikni so‘radi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Pered terminalom vnutrennix avialiniy "Tashkent-3" posle rekonstruksii otkrili privokzalnuyu ploshad
Pered terminalom vnutrennix avialiniy Tashkent-3 posle rekonstruksii otkrili privokzalnuyu ploshad  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airways": yo‘lovchilar rejadagi vaqtdan 2 soat oldin yo‘lga chiqishlari kerak.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketadigan yo‘lovchilardan kechikmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligi Rimma Kuzmina Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, poytaxt aeroportiga olib boradigan yo‘llar va yo‘l o‘tkazgichlarida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Tirbandliklarni hisobga olgan holda Toshkent shahar aeroportining xalqaro va respublika ichidagi terminallaridan rejalashtirilgan qatnovlarga ro‘yxatdan o‘tishga kechikmaslik uchun aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.

"Yo‘lovchilarda kechikish ehtimoli katta. Ular rejadagi vaqtdan 2 soat oldin yo‘lga chiqishlari kerak", — dedi Kuzmina.

Uzbekistan Airports - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0