Toshkentning ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

CC0 / rawpixel.com / Gaz plitasi.
Gaz plitasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlariga soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Mirobod va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlariga soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Mirobod tumani: Jo‘rabek, Olot, Bakinskiy, Obod-Makon, Uz-Bum ko‘chalari, aholi xonadonlari soni – 450 ta;
Yashnobod tumani: Tong yulduzi va Qorasuv mahallalari, aholi xonadonlari soni – 300 ta;
Mirobod va Yashnobod tumanlarida: ulgurji iste’molchilar soni – 7 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Toshkentdagi qator xonadonlar, "zapravkalar" va do‘konlarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
Yangiliklar lentasi
0