https://oz.sputniknews.uz/20231030/prezident-transport-infratuzilmasini-yaxshilash-ishlari-bilan-tanishdi-40493419.html
Prezident transport infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan tanishdi
Prezident transport infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishildi. 30.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-30T19:49+0500
2023-10-30T19:49+0500
2023-10-30T19:54+0500
prezident
shavkat mirziyoyev
qurilish
toshkent
yo‘l
toshkent xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40491761_0:131:1280:851_1920x0_80_0_0_80b9b5dde77484cbe217c537ad8d13d1.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi. Bobur ko‘chasi bo‘ylab qurilayotgan ko‘prik Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tadi. Avtomobillar qatnoviga qulaylikni oshirish maqsadida bu yerda avvalgi ko‘prikka yondosh yana bir estakada qurilmoqda. Qurilish bitgach, ko‘prikning eni 46 metrga yetadi. Bir kecha-kunduzda 20 ming transportni o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 9-10 ming atrofida edi.Ko‘prik yonida 2 ta aylana, 4 ta yoysimon shakldagi chiqish-tushish yo‘li barpo etilmoqda. Bu qayrilib olish xavfini yo‘qotib, boshqa yo‘llardagi harakatga qo‘shilishni osonlashtiradi. Shuningdek, ko‘prik ustida piyodalar va velosipedlar yo‘laklari ham kengaytirildi.Loyihaga ko‘ra, binoning tashqi va ichki ko‘rinishi milliy tusda pardozlanadi, kirish-chiqish yo‘laklari kengaytiriladi. Mehmonlarni kutib olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun qulayliklar oshiriladi. Shuningdek, terminalga yondosh hududlar obodonlashtiriladi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, So‘nggi yillarda Toshkent xalqaro aeroportining 2-terminali yangilanib, o‘tkazish quvvati 2 barobar oshirildi. U yerda Duty Free do‘konlari, “Art-bazar” savdo majmuasi, milliy zargarlik va gastronomiya do‘konlari, dorixona, ona-bola xonasi, namozxona tashkil etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1e/40491761_149:161:1061:845_1920x0_80_0_0_23499183d574ba9f898af8dbea13e880.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, shavkat mirziyoyev, qurilish, toshkent, yo‘l, toshkent xalqaro aeroporti
prezident, shavkat mirziyoyev, qurilish, toshkent, yo‘l, toshkent xalqaro aeroporti
Prezident transport infratuzilmasini yaxshilash ishlari bilan tanishdi
19:49 30.10.2023 (yangilandi: 19:54 30.10.2023) Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va transport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari bilan tanishildi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev tanishuvni Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichdan boshladi. Prezident bu yerdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Tutash yo‘llarda ham piyodalar va avtomobillar harakatiga qulayliklarni oshirish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bobur ko‘chasi bo‘ylab qurilayotgan ko‘prik Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tadi. Avtomobillar qatnoviga qulaylikni oshirish maqsadida bu yerda avvalgi ko‘prikka yondosh yana bir estakada qurilmoqda. Qurilish bitgach, ko‘prikning eni 46 metrga yetadi. Bir kecha-kunduzda 20 ming transportni o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ilgari bu ko‘rsatkich 9-10 ming atrofida edi.
Ko‘prik yonida 2 ta aylana, 4 ta yoysimon shakldagi chiqish-tushish yo‘li barpo etilmoqda. Bu qayrilib olish xavfini yo‘qotib, boshqa yo‘llardagi harakatga qo‘shilishni osonlashtiradi. Shuningdek, ko‘prik ustida piyodalar va velosipedlar yo‘laklari ham kengaytirildi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Toshkent Xalqaro aeroportida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Ayni damda bu yerda yana bir xalqaro terminal rekonstruksiya qilinmoqda.
Loyihaga ko‘ra, binoning tashqi va ichki ko‘rinishi milliy tusda pardozlanadi, kirish-chiqish yo‘laklari kengaytiriladi. Mehmonlarni kutib olish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun qulayliklar oshiriladi. Shuningdek, terminalga yondosh hududlar obodonlashtiriladi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, So‘nggi yillarda Toshkent xalqaro aeroportining 2-terminali yangilanib, o‘tkazish quvvati 2 barobar oshirildi. U yerda Duty Free do‘konlari, “Art-bazar” savdo majmuasi, milliy zargarlik va gastronomiya do‘konlari, dorixona, ona-bola xonasi, namozxona tashkil etilgan.