Prezident administratsiyasida qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / © Sputnik / Aleksey DanichevMujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto
Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar, prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Jobir Azimov O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Azimov muqaddam Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. So‘nggi vaqtlarda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Asilbek Xudoyorov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Xudoyorov o‘z vaqtida sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Bundan tashqari, prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan.
Shuningdek, Gayane Umerova O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Umerova Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori, O‘zbekistonning YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bosh kotibi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0