O‘zbekistonda o‘rtacha maosh qancha?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida o‘rtacha maosh deyarli bir xil — 3,5 mln. so‘m atrofida. Faqat uchta hududda maoshlar bundan sezilarli daraja yuqorida. Batafsil infografikamizda tanishing.
Statistika agentligi O‘zbekistonning turli viloyatlarida maoshlar miqdorini e’lon qildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘m bo‘lib, bu ko‘rsatkich Toshkent shahri uchun.
Ikkinchi o‘rinda Navoiy viloyati - o‘rtacha ko‘rsatkich 5,7 mln so‘m. Uchinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 4,4 mln so‘m.
Qolgan viloyatlarda o‘rtacha maoshlar bir-biriga juda yaqin bo‘lib, 3,2-3,8 mln so‘m atrofida.
Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich, 4,4 mln so‘mni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0