AQSh Yaqin Sharq uchun kurashda Rossiyaga yutqazdi – amerikalik professor

© AFP 2023 / Said KhatibHujumga uchragan G‘azo sektori
Hujumga uchragan G‘azo sektori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Amerikalik professor Jon Mirshaymer Vladimir Putinning Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha pozitsiyasi uning obro‘-e’tiborini oshirganini ta’kidladi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Falastin-Isroil mojarosi bo‘yicha pozitsiyasi mintaqada muvaffaqiyatsizlikka uchragan AQSh ustidan uning obro‘yini ko‘tardi. Bu haqda amerikalik professor Jon Mirshaymer “Judging Freedom” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bayden ma’muriyati balchiqqa botgan bir paytda Putin hozir bu masala yuzasidan (Falastin-Isroil mojarosi) naf keltiradigan pozitsiyani egallagan”, - dedi Mirshaymer. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ekspertning ta’kidlashicha, “ikki xalq uchun ikkita davlatni” tuzishni qaratilgan Rossiya pozitsiyasi va Putinning falastinliklar va isroillik yahudiylar huquqlarini hurmat qilish yuzasidan bildirgan fikrlariga dunyoda ko‘plab kishilar qo‘shilmoqda.
7 oktabr kuni Falastinning HAMAS harakati Isroilga ommaviy raketa hujumi uyushtirdi va chegaraoldi hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorini raketa va samolyotlar yordamida bombardimon qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektori to‘liq qamal qilinganini e’lon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil-Falastin muammosini faqat bir yo‘l bilan — BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi qaroriga asosan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali hal etilishi mumkinligini aytgan. Bugungi kunda faqat Isroil davlati yaratilgan, Falastin hududlari esa to‘liq ozod qilinmagan.
Yangiliklar lentasi
0