O‘zbekiston paraosiyo o‘yinlarida eng yaxshi natijasini yangiladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida eng yaxshi natijasini yangiladi
O‘zbekiston Para Osiyo o‘yinlarida eng yaxshi natijasini yangiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar jami 79 ta medal bilan umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijasini yangiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan IV Para Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
6 kun davom etgan shiddatli bellashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medal bilan umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Para Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2023
“Xanchjou-2022” o‘yinlari g‘oliblariga O‘zbekiston qancha pul mukofoti beradi?
Yangiliklar lentasi
0