https://oz.sputniknews.uz/20231029/ozbekiston-ipak-yoli-shaharlari-xalqaro-turizm-alyansi-azo-40442826.html
O‘zbekistonni “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilish taklif etildi
O‘zbekistonni “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilish taklif etildi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirdi.
2023-10-29T16:19+0500
2023-10-29T16:19+0500
2023-10-29T16:19+0500
turizm
o‘zbekiston
xitoy
sayyohlar
turizm qo‘mitasi
aziz abduhakimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1d/40442649_7:73:1149:716_1920x0_80_0_0_5a9a5c6621e31bd223b8ecb298bb6bdc.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston shaharlarini “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilish taklif etildi. Bu haqida Turizm qo‘mitasi xabar berdi.Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.Qayd etilishicha, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi delegatsiyasing Xitoyga tashrifini amalga oshirib, turizm sohasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi.Xepin xitoylik turistlar orasida eng ommabob turizm yo‘nalishlari sifatida O‘zbekistonda yashil va ekoturizm, intellektual turizm, madaniy turizm imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etishni taklif qildi.Shuningdek, o‘zaro hamkorlikda xitoy sayyohlari uchun maxsus turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarni ishlab chiqish, kadrlarni tayyorlash, gidlarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.Pololikashvili Samarqand shahrida ochilgan UNWTO Xalqaro turizm akademiyasiga XXR o‘qituvchi va mutuxassislarini taklif qilish uchun uch tomonlama hamkorlik tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Samarqandda yangi tashkil etilgan UNWTO tematik ofisiga “Ipak yo‘lida turizm” bo‘yicha Xitoydan yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda yangi loyihalar ishlab chiqish, O‘zbekiston shaharlarini “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilishni taklif etdi.Uchrashuv yakunida tomonlar 2024-yilda mazkur formatdagi uch tomonlama uchrashuvni Xitoyda ham tashkil etishga kelishib olishdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1d/40442649_20:0:1157:853_1920x0_80_0_0_27c81a0380f15d2750bd2cc601cb5834.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston turizm hamkorlik “ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansi
xitoy o‘zbekiston turizm hamkorlik “ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansi
O‘zbekistonni “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilish taklif etildi
Xitoy O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston shaharlarini “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilish taklif etildi. Bu haqida Turizm qo‘mitasi
xabar berdi. Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin, BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
“Xitoy tomoni respublika hududiy aeroportlarini davlat xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish loyihalariga taklif etildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi delegatsiyasing Xitoyga tashrifini amalga oshirib, turizm sohasida Xitoy tajribasi o‘rganiladi.
“2030 yilga qadar turizmni rivojlantirish strategiyasi uchun asosli taklif va loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi”, — deyilgan xabarda.
Xepin xitoylik turistlar orasida eng ommabob turizm yo‘nalishlari sifatida O‘zbekistonda yashil va ekoturizm, intellektual turizm, madaniy turizm imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etishni taklif qildi.
Shuningdek, o‘zaro hamkorlikda xitoy sayyohlari uchun maxsus turistik mahsulotlar va yo‘nalishlarni ishlab chiqish, kadrlarni tayyorlash, gidlarni o‘qitish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Pololikashvili Samarqand shahrida ochilgan UNWTO Xalqaro turizm akademiyasiga XXR o‘qituvchi va mutuxassislarini taklif qilish uchun uch tomonlama hamkorlik tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Samarqandda yangi tashkil etilgan UNWTO tematik ofisiga “Ipak yo‘lida turizm” bo‘yicha Xitoydan yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda yangi loyihalar ishlab chiqish, O‘zbekiston shaharlarini “Ipak yo‘li” shaharlari xalqaro turizm alyansiga a’zo qilishni taklif etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2024-yilda mazkur formatdagi uch tomonlama uchrashuvni Xitoyda ham tashkil etishga kelishib olishdi.