Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 30-oktabr uchun ob-havo
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning ayrim hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Ertaga, 30-oktabr kuni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari +30 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning ayrim hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-14 daraja iliq, kunduzi +26-28 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9-14 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11-16 daraja iliq, kunduzi +24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9-14 daraja iliq, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.