Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba Ministerstva transporta UzbekistanaGruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2023
Obuna bo‘lish
Gruziya Qora dengiz sohillarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida barcha sharoitlarni yaratishga tayyor.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Transport vaziri Ilxom Maxkamov Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yo‘nalishlarda parvozlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.
"Maxkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha bildirgan taklifini qo‘llab-quvvatladi", — deyiladi xabarda.
Muzokaralar davomida Davitashvili Gruziyaning Qora dengiz sohillarida o‘zbek tadbirkorlari ishtirokida port va terminallar qurilishida barcha sharoitlarni yaratishga va mavjud portlardan samarali foydalanishda amaliy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro tashuvlarni amalga oshirishda ruxsatnoma blankalarini ayirboshlash hajmini oshirishga kelishdi.
Yangiliklar lentasi
0