https://oz.sputniknews.uz/20231029/gazo-sektoriga-internet-qayta-boshladi-40437047.html
G‘azo sektoriga internet qayta boshladi
G‘azo sektoriga internet qayta boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Al Jazeera: G‘azo sektoriga internet qaytishni boshladi.
2023-10-29T09:14+0500
2023-10-29T09:14+0500
2023-11-01T14:57+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
isroil
falastin
internet
ilon mask
isroil-falastin mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/973/71/9737171_0:163:3061:1885_1920x0_80_0_0_91d7a0ccab27105953499fc28cb41dcd.jpg
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. G‘azo sektorida Isroil hukumati tomonidan aloqa va internet to‘liq o‘chirilganidan keyin “internet” yana paydo bo‘la boshladi. Bu haqda Al Jazeera G‘azodagi onasi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan sharhlovchiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.Juma kuni Falastinning Jawwal telekommunikatsiya kompaniyasi G‘azo sektorida aloqa va internet xizmatlari to‘liq to‘xtatilganini tasdiqladi.Keyinroq Falastin aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Ishoq Sadr RIA Novostiga Isroil hukumati xalqaro tashkilotlar tekshiruvlariga qaramay, G‘azo sektorida uzib qo‘yilgan uyali aloqa va internet xizmatlarini qayta ulashdan bosh tortganini aytdi.Avvalroq amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlari G‘azo sektorida yordam ko‘rsatuvchi xalqaro tan olingan tashkilotlarga taqdim etilishini aytgan edi. Isroil aloqa vaziri Shlomo Karhining aytishicha, mamlakat XAMASning Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha mavjud vositalarni ishga soladi.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/973/71/9737171_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_a8a23ea993b407deac3d1cd6a01f2c52.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
al jazeera g‘azo sektori internet ilon mask starlink sun’iy yo‘ldosh
al jazeera g‘azo sektori internet ilon mask starlink sun’iy yo‘ldosh
G‘azo sektoriga internet qayta boshladi
09:14 29.10.2023 (yangilandi: 14:57 01.11.2023) Al Jazeera: G‘azo sektoriga internet qaytishni boshladi.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. G‘azo sektorida Isroil hukumati tomonidan aloqa va internet to‘liq o‘chirilganidan keyin “internet” yana paydo bo‘la boshladi. Bu haqda Al Jazeera G‘azodagi onasi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan sharhlovchiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. Juma kuni Falastinning Jawwal telekommunikatsiya kompaniyasi G‘azo sektorida aloqa va internet xizmatlari to‘liq to‘xtatilganini tasdiqladi.
Keyinroq Falastin aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Ishoq Sadr RIA Novostiga Isroil hukumati xalqaro tashkilotlar tekshiruvlariga qaramay, G‘azo sektorida uzib qo‘yilgan uyali aloqa va internet xizmatlarini qayta ulashdan bosh tortganini aytdi.
“Ajoyib yangilik: G‘azodagi onam bilan bog‘lanib, uning ovozini eshitdim. Hammaga ayting, aloqa zaif, lekin u bor. Endi har kim o‘z oila a’zolari bilan bog‘lanishi mumkin. Qancha vaqtgacha hech kim bilmaydi?” — telekanal o‘z sharhlovchisi Majed Abusalomning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabaridan iqtibos keltirdi.
Avvalroq amerikalik milliarder va tadbirkor Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmatlari G‘azo sektorida yordam ko‘rsatuvchi xalqaro tan olingan tashkilotlarga taqdim etilishini aytgan edi. Isroil aloqa vaziri Shlomo Karhining aytishicha, mamlakat XAMASning Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha mavjud vositalarni
ishga soladi.