Xitoy madaniyat va turizm vaziri O‘zbekistonga keldi — tashrifdan maqsad
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanXitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Kecha, 27-oktabr kuni Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Yuqori martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanAziz Abduxakimov vstretil ministra kulturi i turizma KNR Xu Xepina
Aziz Abduxakimov vstretil ministra kulturi i turizma KNR Xu Xepina
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
“Tashrifdan maqsad O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan qator uchrashuvlar o‘tkazishdan iborat. Shuningdek, XXR madaniyat va turizm vaziri “Xitoy madaniyati kunlari” doirasidagi gala-konsertda ishtirok etib, Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi turizm maskanlariga tashrif buyuradi”, - deyiladi xabarda.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanAziz Abduxakimov vstretil ministra kulturi i turizma KNR Xu Xepina
Aziz Abduxakimov vstretil ministra kulturi i turizma KNR Xu Xepina
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki Uzbekistan
Shuningdek, tashrif doirasida Xu Xepin BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Aziz Abduhakimov bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, turizm sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi natijasida 2023-yilning 8 oyi davomida O‘zbekistonga Xitoydan 21 mingdan ortiq sayyoh kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligi munosabati bilan 28-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuv ko‘rgazmasi ochiladi.