Xitoy bilan hamkorlikda milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

© Ministerstvo kulturiOzodbek Nazarbekov Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdi.
Ozodbek Nazarbekov Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
Ozodbek Nazarbekov Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy Madaniyati kunlari” doirasida bugun, 28-oktabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida XXRda 2024-yilning aprel-may oylarida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”ni o‘tkazish, sohada faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ilgari surildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida, madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish bo‘yicha quyi qo‘mita majlisini o‘tkazish zarurati tug‘ilgan. Shu munosabat bilan mazkur tadbirning tashkiliy masalalari va o‘tkazilish joyi, uning protokol loyihalarini olish, Xitoy tomoni bilan hamkorlikda “Madaniy turizm yo‘li” loyihasini amalga oshirish yuzasidan bildirilgan takliflar yuzasidan fikr- mulohazalar almashildi.
Xitoy tomonidan ijodiy jamoalar o‘rtasida malaka oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, har ikki davlatda madaniyat markazlarini ochish taklifi bildirildi.
Shuningdek, hamkorlikda milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va “Farhod va shirin” dostoni asosida badiiy loyiha yaratish kabi takliflar Xitoy tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0