Toshkentda Xalqaro “Innovatsiya-2023” ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

© Sputnik / Maxfuza GaffarovaToshkentda Xalqaro “Innovatsiya-2023” ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Toshkentda Xalqaro “Innovatsiya-2023” ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Ispaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiyadan fan doktorlari, professorlar va fan nomzodlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkentda Xalqaro “Innovatsiya-2023” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Ispaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiyadan fan doktorlari, professorlar va fan nomzodlari ishtirok etdi.
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente proshla Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya "Innovatsiya-2023".
V Tashkente proshla Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya Innovatsiya-2023. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Anjuman dasturiga 14 yalpi ma’ruzalar va 108 sho‘’badagi ma’ruzalar kiritildi.
Anjuman loyihasi - yoshlar va ta’lim muammolari, tarmoqli innovatsiyalar, energiya va zaxiralarni tejash, konchilik ishi va metallurgiya, matematika va matematik modellashtirish, avtomatik boshqaruv, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish tizimlari, ekologiya muammolarini, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasini o‘z ichiga oldi.
© Sputnik / Maxfuza GaffarovaV Tashkente proshla Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya "Innovatsiya-2023".
V Tashkente proshla Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya Innovatsiya-2023. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Anjuman doirasida eng muhim ilmiy-amaliy va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 7 sho‘’bada ish olib borildi.
Bular:
Yoshlar va ta’lim muammolari. Ta’lim va fan soxasini raqamlashtirish;
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi innovatsion jarayonlar;
Tabiiy, mineral-xom ashyo va issiqlik energetik zaxiralardan oqilona foydalanish muammolarini hal qilish uchun innovatsion texnologiyalar va usullar;
Kon ishi va metallurgiya. Geologiya;
Axborot texnologiyalari va iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish.Avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari;
Tizimli tahlil va matematik modellashtirish;
Suv – Sahro – Ekologiya, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi.
Ushbu yo‘nalishdagi anjuman yigirma beshinchi marta o‘tkazildi. Oldingi anjumanlar Shahrisabzda (1996 y.), Navoiyda (1997 y), Farg‘onada (1998 y.), Termizda (1999 y.), Buxoroda (2000 y.), Toshkentda (2001, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022-yillarda) o‘tkazilgan.
Anjumanlar innovatsion madaniyatni shakllantirish, innovatsion-texnologik rivojlantirish bo‘yicha ishlarda olimlar, sanoatchilar va yoshlarning ishtirokini jadallashtirishga; O‘zbekistondan fan yutuqlarini jamlash va namoyish etish, madaniy, ilmiy va texnik hamkorlik sohasida tajriba almashish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish, xorijiy ishtirokchilarni O‘zbekistonning katta intellektual va iqtisodiy salohiyati bilan tanishtirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan.
Yangiliklar lentasi
0