https://oz.sputniknews.uz/20231028/toshkentda-ozbekiston-va-xitoy-tabiat-durdonalari-korgazmasi-ochildi-40428805.html
Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi — foto
Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
2023-10-28T12:47+0500
2023-10-28T12:47+0500
2023-10-30T16:51+0500
madaniyat
o‘zbekiston
xitoy
ko‘rgazma
rassom
foto
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1c/40426117_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_9a1a49324f33613b72db2726abe7b8d8.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Bugun, 28-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda. Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi. Ko‘rgazmani joriy yilning sentabr oyida o‘tkazish uchun ikki davlatning tajribali rassomlarining pleneri tashkil etildi. 20-sentabrdan 5-oktabrgacha bo‘lgan tadbirlar doirasida 20 nafar xitoylik professional rassom O‘zbekiston tabiati va an’analarini aks ettiruvchi asarlar yaratish uchun Toshkentga keldi. Plener davomida ijodkorlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘ldi.O‘z navbatida, O‘zbekistondan 20 nafar rassom Xitoy tabiati, an’analari va diqqatga sazovor joylarini aks ettiruvchi durdona asarlar yaratish maqsadida Xitoyga bordi.Yaratilgan san’at asarlari O‘zbekiston va Xitoyning nufuzli muzeylari va ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi.Ko‘rgazmada namoyish etiladigan rasmlarning bir qismi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamg‘armasiga sovg‘a qilinadi. Barcha ijodkorlar O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining sertifikatlari bilan taqdirlanadi. Ko‘rgazma yakunida, 1-noyabr kuni o‘zbek rassomlari tomonidan yaratilgan kartinalarning bir qismi Xitoy hukumatiga topshiriladi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1c/40426117_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_01bda68367949f0d9c988590c05c57bf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkentda “o‘zbekiston va xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi
toshkentda “o‘zbekiston va xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochildi — foto
12:47 28.10.2023 (yangilandi: 16:51 30.10.2023) Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Bugun, 28-oktabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda
Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish qilinadi.
“Xitoyda bugungi kunda 18 millionga yaqin musavvirlar faoliyat yuritmoqda. Ular butun dunyoning ko‘plab davlatlarida bu kabi tadbirlarni o‘tkazishapti. Ko‘rgazmani O‘zbekistonda tashkil etilgani esa bu katta tarixiy voqeadir. Sababi, ko‘rgazma orqali, biz Xitoyning original, xaqiqiy asarlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, ulardan ko‘p narsa o‘rganamiz”, - deydi O‘zbekiston san’at arbobi, professor Ortiqali Qozoqov.
Ko‘rgazmani joriy yilning sentabr oyida o‘tkazish uchun ikki davlatning tajribali rassomlarining pleneri tashkil etildi. 20-sentabrdan 5-oktabrgacha bo‘lgan tadbirlar doirasida 20 nafar xitoylik professional rassom O‘zbekiston tabiati va an’analarini aks ettiruvchi asarlar yaratish uchun Toshkentga keldi. Plener davomida ijodkorlar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘ldi.
O‘z navbatida, O‘zbekistondan 20 nafar rassom Xitoy tabiati, an’analari va diqqatga sazovor joylarini aks ettiruvchi durdona asarlar yaratish maqsadida Xitoyga bordi.
Yaratilgan san’at asarlari O‘zbekiston va Xitoyning nufuzli muzeylari va ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada namoyish etiladigan rasmlarning bir qismi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamg‘armasiga sovg‘a qilinadi. Barcha ijodkorlar O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
Ko‘rgazma yakunida, 1-noyabr kuni o‘zbek rassomlari tomonidan yaratilgan kartinalarning bir qismi Xitoy hukumatiga topshiriladi.