“O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyor”: Mirziyoyev Toqayev bilan gaplashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Qarag‘andi viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0