Bugun poytaxtning ikki tumanida gaz qisman o‘chiriladi — manzillar

Gaz plitasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Bugun, 28-oktabr kuni Toshkent shahrining ikki tumanining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumanining A.Avloniy MFYga soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
aholi xonadonlari soni — 1591 ta xonadon;
ulgurji iste’molchilar soni — 6 ta.
Shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor tumanining Eski shahar MFYga soat 09:30 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
aholi xonadonlari soni — 19 ta yerli xonadon;
ulgurji iste’molchilar soni — 1 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0