“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

© Sputnik / Abdubakir YunusovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente. Arxivnoe foto
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 27-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaSenat odobril Zakon "O dorojnom dvijenii"
Senat odobril Zakon O dorojnom dvijenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Ta’kidlanishicha, qonun bilan yo‘l egasining huquq va majburiyatlari, transport vositalari egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida moddalar bilan belgilanmoqda.
Senatorlar yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan uchastkalarida yo‘l harakatini tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Xususan, qonunga ko‘ra, yo‘l uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki ta’mirlash bo‘yicha ishlar bajarilayotganda yo‘lning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi o‘tish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yo‘l uchastkalarida qatnov qismining 50 foizidan ko‘prog‘ini yopish zarur bo‘lgan taqdirda mazkur yo‘l uchastkalarini aylanib o‘tish ta’minlanishi kerak.
Qonun bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida to‘xtab turish joylarini qurish to‘g‘risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi belgilanmoqda. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
To‘xtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga, aholining sog‘lig‘i va osoyishtaligiga salbiy ta’sirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshirilishi qayd etilmoqda.
Qonun bilan elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratilishi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkinligi belgilanmoqda. Shuningdek, Qonunda pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar, pulli to‘xtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari ham alohida modda bilan belgilanmoqda.
Majlisda yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga alohida urg‘u berilib, Qonunda transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi normalar hamda haydovchilarni tayyorlashga doir talablar belgilanayotganligi, transport vositalarini boshqarish huquqi qaysi hollarda bekor qilinishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilganligi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0