https://oz.sputniknews.uz/20231027/uzbekistan-airports-havo-yonalishlarini-rivojlantirish-boyicha-global-forumda-ishtirok-etdi-40389315.html
“Uzbekistan Airports” havo yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha global forumda ishtirok etdi
“Uzbekistan Airports” havo yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha global forumda ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilda mazkur forumda delegatlar soni 3000 kishidan ortdi.
2023-10-27T09:16+0500
2023-10-27T09:16+0500
2023-10-27T11:38+0500
o‘zbekiston
uzbekistan airports
istanbul
forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40389437_0:143:1280:864_1920x0_80_0_0_43e303223a0e8a9b4f6626f48ffe44c3.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. "Uzbekistan Airports" kompaniyasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan 28-"World Routes Forum 2023"da ishtirok etdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.Forum doirasida kompaniya vakillari Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va Osiyoning 56 ta aviakompaniyasi bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi. 18 ta kompaniya yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston aeroportlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.Polshaning “LOT” aviakompaniyasi va Germaniyaning milliy aviatashuvchisi “Lufthansa”, Turkiyaning “Sunexpress” aviakompaniyasi, Janubiy Koreyaning “Jeju Air” loukoster aviakompaniyasi va jahon miqyosida yetakchilardan biri “Qatar Airways” parvozlarni qayta tiklashga katta qiziqish bildirmoqda."The World Route Development" forumi aeroportlar, aviakompaniyalar, yetkazib beruvchilar, investorlar, xalqaro va mintaqaviy assotsiatsiyalar, milliy turizm tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashtiruvchi dunyodagi eng nufuzli aviatsiya tadbirlaridan biri hisoblanadi.Forum oldindan rejalashtirilgan 20 daqiqalik ishchi uchrashuvlardan iborat bo‘lib, real vaqt rejimida ishchi aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi. Joriy yilda mazkur forumda delegatlar soni 3000 kishidan ortdi: 300 dan ortiq aviakompaniyalar, 700 ta aeroportlar, 130 ta sayyohlik agentliklari, 10 ta xalqaro sohaviy tashkilotlar, 150 ta yetkazib beruvchilar va 110 ta davlatdan 60 ta aviatsiya sohasini yorituvchi OAV vakillari ishtirok etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1b/40389437_91:87:1184:907_1920x0_80_0_0_978e197bf2b535a115bbbd2e92d329b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“uzbekistan airports”
“Uzbekistan Airports” havo yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha global forumda ishtirok etdi
09:16 27.10.2023 (yangilandi: 11:38 27.10.2023) Joriy yilda mazkur forumda delegatlar soni 3000 kishidan ortdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. "Uzbekistan Airports" kompaniyasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan 28-"World Routes Forum 2023"da ishtirok etdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati
xabar berdi. “Forumda ishtirok etishdan asosiy maqsad aviakompaniyalar bilan aloqalarni tiklash, O‘zbekiston va respublika aeroportlari haqida xabardorlikni oshirish, aviakompaniyalarni respublikaga jalb qilish va yangi yo‘nalishlarni ochish maqsadida tashuvchilar bilan aloqalar o‘rnatish edi”, - deyiladi xabarda.
Forum doirasida kompaniya vakillari Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq va Osiyoning 56 ta aviakompaniyasi bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi. 18 ta kompaniya yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston aeroportlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Polshaning “LOT” aviakompaniyasi va Germaniyaning milliy aviatashuvchisi “Lufthansa”, Turkiyaning “Sunexpress” aviakompaniyasi, Janubiy Koreyaning “Jeju Air” loukoster aviakompaniyasi va jahon miqyosida yetakchilardan biri “Qatar Airways” parvozlarni qayta tiklashga katta qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, “FlyDubai” va “Jazeera Airways” vakillari bilan parvozlar geografiyasini kengaytirish va mavjud reyslar sonini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Bundan tashqari “Lufthansa”, “Thai Cargo” va “Qatar Airways” kompaniyalari bilan yuk reyslarini tashkil etish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.
"The World Route Development" forumi aeroportlar, aviakompaniyalar, yetkazib beruvchilar, investorlar, xalqaro va mintaqaviy assotsiatsiyalar, milliy turizm tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini birlashtiruvchi dunyodagi eng nufuzli aviatsiya tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Forum oldindan rejalashtirilgan 20 daqiqalik ishchi uchrashuvlardan iborat bo‘lib, real vaqt rejimida ishchi aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi. Joriy yilda mazkur forumda delegatlar soni 3000 kishidan ortdi: 300 dan ortiq aviakompaniyalar, 700 ta aeroportlar, 130 ta sayyohlik agentliklari, 10 ta xalqaro sohaviy tashkilotlar, 150 ta yetkazib beruvchilar va 110 ta davlatdan 60 ta aviatsiya sohasini yorituvchi OAV vakillari ishtirok etdi.