Toshkentda “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” ko‘rgazmasi ochiladi — sana va manzil

© Sputnik / Aktan TemirkanovGosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana.
Gosudarstvenniy muzey istorii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish etiladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Ertaga, 28-oktabr kuni, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “O‘zbekiston va Xitoy tabiat durdonalari” O‘zbekiston-Xitoy madaniy almashinuvi ko‘rgazmasi ochiladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazma “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusining 10-yilligiga bag‘ishlangan.
Tadbirda respublika vazirlik va idoralari vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, tadbirkorlar, san’at arboblari, Xitoy va O‘zbekiston san’at kollejlari va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar ishtirok etadi.
Ko‘rgazmada o‘zbek va xitoy rassomlarining O‘zbekistonning eng noyob diqqatga sazovor joylari, tabiat hodisalari va hayvonot dunyosini aks ettirgan 40 dan ortiq kartinalari namoyish etiladi.
Tarix muzeyidagi 2 kunlik ko‘rgazmadan so‘ng rasmlarning bir qismi taqdimot uchun "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga yuboriladi va u yerda universitet fondiga o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0