Toshkentda issiqlik tarmoqlarini yangilash ishlari yakunlandi — kompaniya

© Sputnik / Aktan TemirkanovTaras Shevchenko ko‘chasida ta’mirlash ishlari
Taras Shevchenko ko‘chasida ta’mirlash ishlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Bundan buyon faiatgina favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy darajada ta’mirlash ishlari amalga amalga oshiriladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Toshkent shahridagi issiqlik tarmoqlarini yangilash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi. Bu haqida "Veolia Energy" kompaniyasi ma’lum qildi.
"Issiqlik tarmoqlarini ko‘chirish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar 2023-yilgi isitish mavsumida shahar hokimligidan ruxsatnomalar olingan holda, to‘liq hajmda bajarildi. Biz jami 68 km eskirgan quvurlarni almashtirib, 27-oktabrda ishlarni yakunladik", - deyiladi xabarda.
Issiqlik tarmoqlarida avariyaviy vaziyatlarni minimallashtirish, turar-joy binolari va ijtimoiy obyektlarni issiq suv va issiqlik ta’minoti ishonchliligini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar amalga oshirildi.
Kompaniya ma’lum qilishiga ko‘ra, bundan buyon, issiqlik tarmoqlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirdagina, "ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlar rejadan tashqari va mahalliy darajada amalga oshiriladi".
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida so‘nggi bir necha kun davomida issiqlik quvurlarini almashtirish ishlari amalga oshirilayotgan edi. Shu munosabat bilan shahar ko‘chalarida kutilmagan darajadagi tirbandliklar kuzatilgan edi.
Isitish batareyasi yonidagi mushuk. Illyustrativ surat.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Isitish mavsumi yaqin kunlarda boshlanadi — Toshkent shahar hokimligi
Yangiliklar lentasi
0