Rossiya fuqaroligini eng ko‘p kimlar olmoqda?

Obuna bo‘lish
Rossiya fuqaroligini olish uchun so‘nggi ikki yil davomida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Batafsil infografikamizda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda 691 ming kishi Rossiya fuqaroligini olgan. Ulardan aksariyati, 297 ming kishi — Ukraina fuqarolari. Umumiy miqdordan 43 %ni tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari — 174 ming kishi. Keyingi o‘rinda Armaniston — 45 ming kishi, Qozog‘iston — 42 ming kishi, O‘zbekiston — 27 ming kishi.
2023 yilning birinchi yarmida esa Rossiya fuqaroligini olganlar orasida eng ko‘p Tojikiston fuqarolari — 87 ming kishi. Ukraina — 39 ming, Armaniston — 18 ming, Qozog‘iston — 14 ming kishi va hokazo.
Yangiliklar lentasi
0