Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

O‘zbekiston TIV yana bir bor Falastin-Isroil mojarosini to‘xtatishga chaqirdi

© Press-slujba MID Respubliki UzbekistanZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.

“Biz yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘layotgan qurolli mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq meyorlaridan foydalanishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston TIV avvalroq ham Falastin-Isroil mojarosi tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgani va Yaqin Sharqdagi vaziyatni murakkablashtirganidan jiddiy xavotir bildirgan edi. Mamlakat tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatda tugatish va inqirozni diplomatik vositalar orqali hal qilishga chaqirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumini qoralab, buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblashini bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0