“Mobil qullik” bekor qilindi. Raqamni saqlagan holda operatorni qanday o‘zgartirish mumkin?

© Unsplash / Luis VillasmilMobilniy telefon v ruke mujchini. Illyustrativnoe foto
Mobilniy telefon v ruke mujchini. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish mumkin bo‘ldi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. 27 oktabr kuni "ICTWEEK UZBEKISTAN — 2023" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi.
Endi abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin.
Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi.
Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yo‘qotilishining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilishiga xizmat qiladi.
Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining taqdim etilayotgani xizmatning eng qulay tomonidir.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda "Beeline", "Mobi.uz", "Ucell", "UZTELECOM", "Humans" kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori o‘zgartirilsa, ko‘chirilgan raqamlar o‘z shaklini va ko‘rinishini saqlab qoladi.
Kelgusida abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida masofadan turib, onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali abonent raqamini ko‘chirishga ariza yuborish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Qanday qilib xizmatdan foydalanish mumkin?

1. Abonent raqamini ko‘chirishga ariza berish.
2. Abonent raqamini ko‘chirish xizmati uchun haq to‘lash.
Abonent raqamini ko‘chirish xizmati to‘lovi abonent tomonidan amalga oshiriladigan bir martalik to‘lov deb hisoblanadi va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi kelishuv tuzilish vaqtida bu to‘lov abonent o‘tayotgan operatorga to‘lanadi.
Abonent raqamini ko‘chirish xizmati uchun abonent tomonidan amalga oshiriladigan to‘lov hajmi har bir mobil aloqa operatori tomonidan mustaqil ravishda nazorat qilinadi.
3. Aloqa operatoridan yangi SIM-karta olish
Operator abonent arizasini qabul qiladi, abonent bilan shartnoma tuzadi va abonent tomonidan arizada ko‘rsatilgan tarif rejasiga ulangan yangi SIM-kartani topshiradi.
4. Abonent raqamining muvaffaqqiyatli almashtirilganligi haqida SMSni kutish
Yangi operator abonentni uning raqamini boshqa operatorga ko‘chirish jarayoni muvaffaqqiyatli yakunlanganligi haqida operatori o‘zgartirilgan raqam SIM-kartasiga SMS yuborish orqali xabardor qiladi.
Yangiliklar lentasi
0