Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaAbdulla Abdisalamovich Azizov.
Abdulla Abdisalamovich Azizov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Azizov tayinlovga qadar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Abdulla Azizov O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Azizov 2003-yilda Yaponiyaning Nagoya universiteti, 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Shuningdek, Daniyaning Orxus universitetida magistratura, Orxus texnika kollejida IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
2006–2019 yillarda Daniyadagi qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda, 2019–2020 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari hamda 2020–2022 yillarda sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
Azizov tayinlovga qadar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
2023 yildan boshlab Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori sifatida Ulug‘bek Egamov faoliyat yuritayogan etdi. Unga qadar Sardor Kariyev direktor edi. Prezident Kariyevni 2022-yilning 30-dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi va hozir u "Dok-1 Maks" siropi ishi yuzasidan sud qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0