https://oz.sputniknews.uz/20231027/eoiida-qoshma-sanoat-loyihalarini-imtiyozli-moliyalash-mexanizmi-tasdiqlandi-40403916.html
YeOIIda qo‘shma sanoat loyihalarini imtiyozli moliyalash mexanizmi tasdiqlandi
YeOIIda qo‘shma sanoat loyihalarini imtiyozli moliyalash mexanizmi tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Imtiyozli subsidiyani olish uchun qo‘shma loyihada YeOIIning kamida 3ta mamlakati kompaniyalari ishtirok etishi kerak. 27.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-27T17:09+0500
2023-10-27T17:09+0500
2023-10-27T17:09+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
yeoii
yeik
kredit
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40381989_0:153:3098:1896_1920x0_80_0_0_fff4ffcb8c49c989d69b941c65cf2255.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) qo‘shma sanoat loyihalarini imtiyozli moliyalash tizimi belgilab olindi. Bu haqida Bishkekda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan YeOII hukumatlararo kengashidan so‘ng ma’lum bo‘ldi. Ushbu nizom YeOIIda amalga oshirlayotgan qo‘shma sanoat loyihalari uchun banklar tomonidan imtiyozli stavka bo‘yicha kredit ajratishni nazarda tutadi. Bunday kreditlar bo‘yicha mexanizmda ishtirok etuvchi banklarning maksimal stavkasi asosiy stavkaning 6,5 foizga oshirilgan darajasidan oshmasligi kerak.Bunday subsidiya uchun taqdim etilayotgan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: Ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishning 26 ta sektorida, yengil sanoatdan aviatsiyagacha yangi ishlab chiqarish quvvatalari tashkil etish yoki mavjudlarni kengaytirish maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Mablag‘lar, xususan, yer, ishlab chiqarish asosiy vositalari sotib olish, litsenziyalar va yangi ilmiy izlanishlar uchun xarajat qilinishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), YeOII va MDH hukumat rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. ShHT doirasida asosan xavfsizlik va transport masalalari muhokama qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40381989_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_8c0a8a04241c227ab236139c6eec0f95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yeoii, yeik, kredit, subsidiya
iqtisod, yeoii, yeik, kredit, subsidiya
YeOIIda qo‘shma sanoat loyihalarini imtiyozli moliyalash mexanizmi tasdiqlandi
Imtiyozli subsidiyani olish uchun qo‘shma loyihada YeOIIning kamida 3ta mamlakati kompaniyalari ishtirok etishi kerak.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) qo‘shma sanoat loyihalarini imtiyozli moliyalash tizimi belgilab olindi. Bu haqida Bishkekda payshanba kuni bo‘lib o‘tgan YeOII hukumatlararo kengashidan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
YeOII hukumatlararo kengashida “Sanoatlarda qo‘shma hamkorlik loyihalarini tanlash va ularni YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlandi.
Ushbu nizom YeOIIda amalga oshirlayotgan qo‘shma sanoat loyihalari uchun banklar tomonidan imtiyozli stavka bo‘yicha kredit ajratishni nazarda tutadi. Bunday kreditlar bo‘yicha mexanizmda ishtirok etuvchi banklarning maksimal stavkasi asosiy stavkaning 6,5 foizga oshirilgan darajasidan oshmasligi kerak.
Bunday subsidiya uchun taqdim etilayotgan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1.
loyihada YeOIIning uch yoki undan ortiq mamlakatlari kompaniyalari ishtirok etishi kerak;
2.
har bir ishtirokchi kamida 5% materiallar va butlovchi qismlar, uskunalar va dasturiy ta’minotni yetkazib berishi yoki muhandislik va qurilish xizmatlarini ko‘rsatishi kerak, yoki kamida 10% mulk hissasi bo‘lishi kerak;
3.
loyihalar YeIK ekspertlari tomonidan yiliga 2 marotaba ko‘rib chiqiladi va ball tizimidan foydalangan holda tanlanadi
Kelgusi yilda YeOII budjeti ushbu maqsadlar uchun qariyb 1,8 milliard rubl mablag‘ ajratadi.
Ushbu mablag‘lar ishlab chiqarishning 26 ta sektorida, yengil sanoatdan aviatsiyagacha yangi ishlab chiqarish quvvatalari tashkil etish yoki mavjudlarni kengaytirish maqsadlarida qo‘llanilishi mumkin. Mablag‘lar, xususan, yer, ishlab chiqarish asosiy vositalari sotib olish, litsenziyalar va yangi ilmiy izlanishlar uchun xarajat qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), YeOII va MDH hukumat rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. ShHT doirasida asosan xavfsizlik va transport masalalari muhokama qilindi.