Xitoy Toshkentning elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi — tafsilotlar

© Energetika vazirligiSirdaryo viloyatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi
Sirdaryo viloyatidagi yangi issiqlik elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida yangi, zamonaviy va energosamarador kogeneratsion quvvatlar joriy etiladi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonda elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirishga yordam beradi, deya xabar berdi “O‘zbekenergota’mir” matbuot xizmati.
“O‘zbekenergota’mir” AJ Xitoy elektr energetika sanoatining yirik kompaniyalari bo‘lgan “State Grid”, “CNTIC” va “China XD” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda elektr energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishdi.
Xitoyning mashhur “State Grid” korporatsiyasi tarkibidagi “China Electric Power Equipment and Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan “O‘zbekenergota’mir” kelishuv doirasida O‘zbekistonning bir qator hududlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish, yangi podstansiyalar qurib foydalanishga topshirish ishlarini hamkorlikda olib borish belgilangan.
Qayd etilishicha, olib boriladigan ishlar natijasida O‘zbekistondagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tizimiga zamonaviy, shu bilan birga raqamli texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati vujudga keladi.
“China National Technical Import and Export Corporation” (CNTIC) kompaniyasi bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra esa Toshkent shahri aholisi va poytaxt iqtisodiyot tarmog‘i korxonalari uchun qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi.
“Poytaxtni elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur, Yunusobod, Yashnobod va Uchtepa tumanlarida yangi, zamonaviy va energosamarador kogeneratsion quvvatlar joriy etiladi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, “China XD Elektric Co., Ltd.” konsernining “Xian XD” Electric Engineering Company Limited kompaniyasi “O‘zbekenergota’mir” AJ bilan elektr stansiyalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun import o‘rnini bosuvchi yuqori samarador va zamonaviy energo qurilmalarni mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Qolaversa, “O‘zbekenergota’mir” AJning yosh mutaxassislari va xodimlari xitoylik mutaxassislarni jalb qilgan holda qurilish va sozlash ishlarida ishtirok etishadi.
Yangiliklar lentasi
0