Xanchjou-2022: O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar shodasiga ega chiqdi

© NOKBobur Omonov 13.14 metr natija bilan Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi
Bobur Omonov 13.14 metr natija bilan Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar shodasiga ega chiqdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar shodasiga ega chiqdi.
Para-dzudo
Para-dzudo bellashuvlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medal yozib qo‘yildi. J2 klassida +90 kg vazn toifasida kechgan bahslarda finalgacha yetib borgan Aloviddin Jo‘raqulov yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.
Para-taekvondo
Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Asad Anvarov o‘z nomini sovrindorlar qatoriga yozib qo‘ydi. +80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Anvarov bronza medaliga ega chiqdi.
Para-suzish
Para-suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish bahslari O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaning yuqori pog‘onalaridan joy olishdi. Yakunda Kirill Pankov oltin, Muzaffar Tursunxo‘jayev kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Para-velosport
O‘zbekistonlik para-velosportchilar shosse dasturida ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Erkaklar o‘rtasida 19 km masofaga o‘tkazilgan poygada Boymurodov Yavqochev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Para-yengil atletika
Para-yengil atletikaning F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medal yozildi. Erkaklar o‘rtasida ishtirok etgan Bobur Omonov 13.14 metr natija bilan Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va ikkinchi bor musobaqa g‘olibiga aylandi.
Yangiliklar lentasi
0