O‘zbekistondagi barcha tuman va shahar shifoxonalari statsionar mammograflar bilan ta’minlanadi

© Ministerstvo zdravooxraneniyaAmrillo Inoyatov Toshkentda “FUJIFILM Healthcare Turkey” kompaniyasi prezidenti Kentaro So boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi
Amrillo Inoyatov Toshkentda “FUJIFILM Healthcare Turkey” kompaniyasi prezidenti Kentaro So boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
“FUJIFILM Healthcare Turkey” prezidenti bilan O‘zbekistondagi barcha tuman va shahar tibbiyot shifoxonalarini kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan statsionar mammograflar bilan ta’minlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkentda “FUJIFILM Healthcare Turkey” kompaniyasi prezidenti Kentaro So boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot avvalida dunyoga mashhur ushbu kompaniyaning eng so‘nggi rusumdagi mammografiya, magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi kabi tibbiy texnologiyalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi taqdimot o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilishda bunday innovatsion diagnostika vositalariga ehtiyoj katta.
“Masalan, ko‘krak bezi saratoni Yer yuzida bevaqt hayotdan ko‘z yumish holatlarining eng keng tarqalgan ikkinchi omilidir. Bu kasallik ayollar o‘limi sabablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi”, - deyiladi xabarda.
Muloqot yakunida “FUJIFILM Healthcare Turkey” prezidenti bilan O‘zbekistondagi barcha tuman va shahar tibbiyot shifoxonalarini kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan statsionar mammograflar bilan ta’minlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0