https://oz.sputniknews.uz/20231026/rossiya-tuxumga-eksportiga-embargo-qoymoqchi--bu-kimga-tasir-qiladi-40370857.html
Rossiya tuxum eksportiga embargo qo‘ymoqchi — bu kimga ta’sir qiladi?
Rossiya tuxum eksportiga embargo qo‘ymoqchi — bu kimga ta’sir qiladi?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan tuxum eksportini ta’qiqlovchi hujjat qabul qilinsa, bu birinchi navbatda Qirg‘izistonga ta’sir ko‘rsatadi. 26.10.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-10-26T16:35+0500
2023-10-26T16:35+0500
2023-10-26T16:44+0500
iqtisod
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23353366_0:0:3091:1739_1920x0_80_0_0_d59cc6cbaf4610526790f3441c4d81a5.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi parranda tuxumlarini 6 oy muddatga eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlashni taklif qildi. Bu haqida Hukumat qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi. RIA Novosti xabariga asosan. Ushbu miqdorning 96 % Qirg‘iziston va Ozarbayjonga to‘g‘ri keldi. Asosiy xaridor Qirg‘iziston bo‘lib, Rossiyadan 2,6 million dollarga tuxum sotib olgan. Ikkinchi o‘rinda Ozarbayjon (712 ming dollar), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston (84 ming dollar), Armaniston (30 ming dollar), Gruziya (29 ming dollar) va Hindiston (3 ming dollar) bormoqda.Ko‘pgina mamlakatlar uchun iyul ma’lumotlari hali mavjud emas, ammo Armaniston masalan, xaridlarni keskin oshirgan - 55 ming dollargacha, bu butun yilning birinchi yarmidagi summadan 1,8 baravar ko‘p. Ozarbayjon ham importni birinchi yarim yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 barobarga, 188 ming dollargacha oshirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0f/23353366_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_93c2bf1385cc35ce7ffeb5b008d3f1bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, rossiya
Rossiya tuxum eksportiga embargo qo‘ymoqchi — bu kimga ta’sir qiladi?
16:35 26.10.2023 (yangilandi: 16:44 26.10.2023) Rossiyadan tuxum eksportini ta’qiqlovchi hujjat qabul qilinsa, bu birinchi navbatda Qirg‘izistonga ta’sir ko‘rsatadi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi parranda tuxumlarini 6 oy muddatga eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlashni taklif qildi. Bu haqida Hukumat qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Ma’lum bo‘lishicha, yilning birinchi yarmida Rossiya 3,5 million dollarlik tuxum va uning yarim tayyor mahsulotlari eksport qilgan. Bu oyiga o‘rtacha 580 ming dollarlik tuxum va tuxum mahsulotlari eksportini anglatadi.
Ushbu miqdorning 96 % Qirg‘iziston va Ozarbayjonga to‘g‘ri keldi. Asosiy xaridor Qirg‘iziston bo‘lib, Rossiyadan 2,6 million dollarga tuxum sotib olgan.
Ikkinchi o‘rinda Ozarbayjon (712 ming dollar), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston (84 ming dollar), Armaniston (30 ming dollar), Gruziya (29 ming dollar) va Hindiston (3 ming dollar) bormoqda.
Ko‘pgina mamlakatlar uchun iyul ma’lumotlari hali mavjud emas, ammo Armaniston masalan, xaridlarni keskin oshirgan - 55 ming dollargacha, bu butun yilning birinchi yarmidagi summadan 1,8 baravar ko‘p. Ozarbayjon ham importni birinchi yarim yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 1,6 barobarga, 188 ming dollargacha oshirgan.