O‘zbekiston ShHTda sun’iy intellekt va robotlashtirishni rivojlantirishni taklif qildi

© Foto : Press-slujba kabineta ministrov KRZasedanie glav pravitelstv stran ShOS v Bishkeke.
Zasedanie glav pravitelstv stran ShOS v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Bishkek shahrida ShHT hukumat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotida (ShHT) sun’iy intellekt va robotlashtirishni rivojlantirishni taklif qildi. Bu taklifni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkek shahridagi ShHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida bildirdi.
“Innovatsion rivojlanish, robotlashtirish va raqamlashtirish, sun’iy intellekt, biotexnologiya, farmatsevtika va kelajakning boshqa sohalarini qamrab oluvchi ShHTning yangi iqtisodiy muloqoti dasturini ishlab chiqish va qabul qilishni boshlashni taklif qilamiz”, - dedi Aripov.
Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining yig‘ilishlari boshlandi.
Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston hukumat rahbarlari, Eron vitse-prezidenti, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0