Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi

© Foto : press-slujba kabineta ministrov KR / Ulukbek ShambetovRossiya bosh vaziri Mixail Mishustin
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda so‘zga chiqqan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarurligini qayd etdi.
Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarur.

“Biz hisob-kitoblarda o‘z valyutalarimizdan tobora ko‘proq foydalanmoqdamiz, mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratish, shuningdek, milliy birjalarda valyutalarimiz konvertatsiyasini ta’minlash haqida o‘ylash maqsadga muvofiqdir”, — dedi Mishustin.

Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining yig‘ilishlari boshlandi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston hukumat rahbarlari, Eron vitse-prezidenti, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0