Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

MDHning mingga yaqin fuqarosi ularni Falastindan olib chiqishni so‘ramoqda — Rossiya TIV

© Foto : MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
TIV: Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarining mingga yaqin fuqarosi Falastindan evakuatsiya qilishni so‘ragan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya va MDHning 1 mingga yaqin fuqarosi Falastindan evakuatsiya qilishni so‘ragan, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

“Falastin anklavi hududlarida, birinchi navbatda, G‘azo sektorida vaziyat ancha murakkab, shu kunga qadar Rossiya va MDH davlatlarining mingga yaqin fuqarosi bizning diplomatik vakolatxonalarimizga murojaat qilib, hududdan evakuatsiya qilishni so‘rashgan”, — dedi u brifingda.

Ma’lumot uchun, 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti Isroil hududiga ommaviy raketa zarbasi berdi va chegaraga yaqin hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari "G‘azo" sektoriga raketa zarbalari berdi va bombardiman qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadaga oldi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi. Ayni damda G‘azo sektorida qurbonlar soni 7 ming kishidan oshgan, 18 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Rossiya ikkala tomondan ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Prezident Vladimir Putin Falastin-Isroil mojarosini faqat BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi rezolyutsiyasini bajarish orqali hal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Ya’ni poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali.
Yangiliklar lentasi
0