Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 26-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishGaubichniy divizion SVO na Krasnolimanskom napravlenii spetsoperatsii.
Gaubichniy divizion SVO na Krasnolimanskom napravlenii spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 26-oktabr hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi bo‘linmalari Sinkovka, Sergeyevka aholi punktlari hududlaridaUQKning 41, 54, 67 mexanizatsiyalashgan va 68chi qo‘riqchi brigadalarining oltita hujumni qaytardi. Kun davomida dushmanning yo‘qotishlari 225 nafar harbiy xizmatchisi (qurbonlar va yaralangan), bir tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashinasi, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar bo‘linmalari Chervonaya Dibrova, Petrovskoe va Torskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 24- va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 4ta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 120 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita BMP, shuningdek, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Bogdanovka aholi punkti hududida UQK hujumini qaytardi. Andreyevka, Klesheyevka va Vasukovka aholi punktlari hududlarida dushmanning shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. UQKning ushbu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari 295 nafar harbiy xizmatchi, bir tank, beshta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomashinani tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Msta-B gaubitsasi va Chexiyada ishlab chiqarilgan "Dana" o‘ziyurar artilleriya moslamasiga zarba berildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Ugledar shahri, Urojaynoe, Staromayorskoe va Nikolskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan, 58-moto-o‘qchi, 118- va 128-hududiy mudofaa brigadalariga artilleriya zarbasi berildi.
Dushmanning kunlik yo‘qotishlari 100 nafargacha harbiy xizmatchi va ikkita zirhli jangovar texnikani tashkil etdi. Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, Akatsiya o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, ikkita D-20 gaubitsasiga zarba berildi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari guruhi Rabotino qishlog‘i hududida UQKning 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi hujumini qaytardi. Dushmanning bu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 85 tagacha harbiy xizmatchi, uchta tank, shu jumladan ikkita Leopard to‘rtta zirhli jangovar mashina va ikkita mashinani tashkil etdi. Artilleriyaga qarshi kurashda AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, D-20 va AQShda ishlab chiqarilgan M119 gaubitsalariga zarba berildi.
Xerson yo‘nalishida dushmanning 25 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilari, 3 ta texnika va "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Dnepropetrovsk viloyatining Orlovshchina aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Armiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlar, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 128 ta hududda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikani mag‘lub etdi.
DXRning Serebranka va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida UQKning 67 va 72-mexanizatsiyalashgan brigadalari hamda Ukraina Milliy gvardiyasining 31-operativ brigadasining uchta nazorat punktiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS va GLSDB ko‘p tizimlarining oltita raketasini tutib oldi.
Shuningdek, Lugansk Xalq Respublikasining Topolevka, Kremennaya, Zaporoje viloyatining Mirnoe, Injenernoe, Zolotaya Polyana, Xerson viloyatining Chaplinka, Sagi aholi punktlari hududlarida UQKning 27 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan Ukraina 515 ta samolyot, 253 ta vertolot, 8298 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12950 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1169 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 6888 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14672 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0