Ibrohim Abdurahmonov — biografiya
© Foto: Mininnovatsiy UzbekistanaIbroxim Abduraxmonov
© Foto: Mininnovatsiy Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Ibrohim Abdurahmonov tarjimai holi.
Ibrohim Abdurahmonov 1975-yil Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.
© Foto: Mininnovatsiy UzbekistanaIbroxim Abduraxmonov
Ibroxim Abduraxmonov
© Foto: Mininnovatsiy Uzbekistana
Ma’lumoti oliy, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.1992-1997 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 2001-yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyati Ish faoliyatini 1993-1997 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika Instituti laboranti lavozimidan boshlagan.
1997 yildan Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi, aspiranti.
2002–2012 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, loyiha rahbari, Genom texnologiyalar markazi laboratoriyasi loyiha rahbari.
2012–2017 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori.
2017 yili O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo-biologiya fanlar yo‘nalishi bo‘yicha vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi.
2017–2022 yillarda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
© Press-slujba Ministerstva innovatsionnogo razvitiyaIbrohim Abdurahmonov va Rustam Minnixanov
Ibrohim Abdurahmonov va Rustam Minnixanov
2022 yil dekabrida prezident farmoni bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi birlashtirildi va Abdurahmonov bu vazirlikka yangi rahbar bo‘ldi.
2023 yil 25-oktabr kuni Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlanishi ma’lum qilindi.