https://oz.sputniknews.uz/20231026/anbar-otin-biografiya-40379798.html
Anbar Otin — biografiya
Anbar Otin — biografiya
Sputnik O‘zbekiston
Anbar Otin – ma’rifatparvar shoira, nafaqat o‘zbek she’riyati, balki, pedagogika sohasida ham munosib iz qoldirgan. U 1870-yilda Qo‘qonda kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonquli asli marg‘ilonlik bo‘lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyani bo‘lgan. Onasi Ashurbibi Abdulg‘ani qizi ham kosibchilar oilasidan edi. Anbaroy hassos she’rlari bilan “Anbar Otin” bo‘lib taniladi. Anbar Otin o‘ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyidagi bir ziyofatda zinadan yiqilib, oyog‘i sinadi va bir umr to‘shakka mixlanib qoladi. Anbar Otin shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod qildi. Qo‘lidan qalamini bir zumga ham qo‘ymadi. Qalami unga kuch beradi. O‘zbek va tojik tillarida birday ijod qildi. Xalqimiz Anbar Otin ijodi bilan XX asrning 60-yillariga kelibgina tanishishga musharraf bo‘ldi.Uning o‘zbek tilidagi she’rlari devoni 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazoddan iborat.
2023-10-26T20:35+0500
2023-10-26T20:35+0500
2023-10-26T20:35+0500
biografiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40380724_0:115:841:588_1920x0_80_0_0_f616844b02170386f132138dd1014fb2.png
BolaligiU 1870-yilda Qo‘qonda kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonquli asli marg‘ilonlik bo‘lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyani bo‘lgan. Onasi Ashurbibi Abdulg‘ani qizi ham kosibchilar oilasidan edi. Oilada doimiy yetishmovchilik, muhtojlik bo‘lsada Anbaroyni yetti yoshga to‘lganda Dilshod otin maktabiga beradilar. Dilshod otin shogirdi haqida “Tarixi muhojiron” asarida ta’riflashicha, Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, go‘zal axloqi va odobi barobarida, sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramasdan, Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqishi sabab undan kelajakda katta shoira chiqishini bashorat qiladi.Oilaviy hayotiAnbaroyni o‘n to‘rt yoshlarida o‘ratepalik novvoy Zohidxo‘ja ismli yigitga turmushga beradilar. Zohidxo‘ja ham she’riyatga qiziqadigan, adabiyotga oshno inson bo‘lib, Qo‘qondagi barcha shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular nochorlikda yashasalarda, lekin, baxtli hayot kechiradilar. Bu oilada Mo‘minxo‘ja, Bibixon, Usmonxo‘ja, Ominaxon ismli farzandlar dunyoga keladi. Anbaroy hassos she’rlari bilan “Anbar Otin” bo‘lib taniladi. Anbar Otin o‘ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyidagi bir ziyofatda zinadan yiqilib, oyog‘i sinadi va bir umr to‘shakka mixlanib qoladi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodida mahzunlikni ustuvor qilib qo‘yadi:Jahon-og‘uga kelgan Anbar otinman,G‘amu qayg‘uga kelgan Anbar otinman.Yamon soatda keldim man jahonga,Ini jodug‘a kelgan Anbar otinman.Anbar Otinning qachon vafot etgani ma’lum emas. Ayrim she’rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog‘liq voqealar tasviri uchrashi sababli, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar.Ijodiy faoliyatiAnbar Otin shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod qildi. Qo‘lidan qalamini bir zumga ham qo‘ymadi. Qalami unga kuch beradi. O‘zbek va tojik tillarida birday ijod qildi. Xalqimiz Anbar Otin ijodi bilan XX asrning 60-yillariga kelibgina tanishishga musharraf bo‘ldi.Uning o‘zbek tilidagi she’rlari devoni 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazoddan iborat.1910 yili uning adabiyotimizning yorqin sahifasi bo‘lib qolgan eng mashhur “Qarolar falsafasi” nasriy asari yozilgan. Uning matbuotda 90 yaqin she’rlari e’lon qilingan. 1966-yili arab alifbosi harflariga bag‘ishlangan “Yakka baytlari” asari topildi. Ushbu asarda u har bitta harfga bag‘ishlab ruboiy va qit’a yozgan:Shoira ijodida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli ekanligi yaqqol sezilib turadi:Kasb etar ohista-ohista kishi fazlu hunar,Bog‘aro bulbul bolasi xushnavo kam-kam bo‘lur.Murg‘i vahshini qilolmas hech kim yakbora rom,Donayu domini qurding, mubtalo kam-kam bo‘lur.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40380724_0:0:927:695_1920x0_80_0_0_9fefc7bcbd274642a280dae3f75e1769.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
anbar otin biografiya referat insho
anbar otin biografiya referat insho
Anbar Otin — biografiya
Anbar Otin – ma’rifatparvar shoira, nafaqat o‘zbek she’riyati, balki, pedagogika sohasida ham munosib iz qoldirgan.
U 1870-yilda Qo‘qonda kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonquli asli marg‘ilonlik bo‘lib, mashhur shoira Jahonotin Uvaysiyning jiyani bo‘lgan. Onasi Ashurbibi Abdulg‘ani qizi ham kosibchilar oilasidan edi. Oilada doimiy yetishmovchilik, muhtojlik bo‘lsada Anbaroyni yetti yoshga to‘lganda Dilshod otin maktabiga beradilar. Dilshod otin shogirdi haqida “Tarixi muhojiron” asarida ta’riflashicha, Anbaroy bug‘doyrang, sunbul sochli, ohu ko‘z, oy yuzli, go‘zal axloqi va odobi barobarida, sakkiz yashar qizcha yoshligiga qaramasdan, Navoiy g‘azallarini o‘rganishga behad qiziqishi sabab undan kelajakda katta shoira chiqishini bashorat qiladi.
Anbaroyni o‘n to‘rt yoshlarida o‘ratepalik novvoy Zohidxo‘ja ismli yigitga turmushga beradilar. Zohidxo‘ja ham she’riyatga qiziqadigan, adabiyotga oshno inson bo‘lib, Qo‘qondagi barcha shoirlarni yaqindan bilar edi. Ular nochorlikda yashasalarda, lekin, baxtli hayot kechiradilar. Bu oilada Mo‘minxo‘ja, Bibixon, Usmonxo‘ja, Ominaxon ismli farzandlar dunyoga keladi. Anbaroy hassos she’rlari bilan “Anbar Otin” bo‘lib taniladi. Anbar Otin o‘ttiz yoshlarida Olim mingboshining uyidagi bir ziyofatda zinadan yiqilib, oyog‘i sinadi va bir umr to‘shakka mixlanib qoladi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, qizi Ominaxonning bevaqt vafoti shoira ijodida mahzunlikni ustuvor qilib qo‘yadi:
Jahon-og‘uga kelgan Anbar otinman,
G‘amu qayg‘uga kelgan Anbar otinman.
Yamon soatda keldim man jahonga,
Ini jodug‘a kelgan Anbar otinman.
Anbar Otinning qachon vafot etgani ma’lum emas. Ayrim she’rlarida Birinchi Jahon urushi bilan bog‘liq voqealar tasviri uchrashi sababli, mutaxassislar uning vafotini 1914-1917 yillar qilib belgilaydilar.
Anbar Otin shafqatsiz taqdirga achchiqma-achchiq ijod qildi. Qo‘lidan qalamini bir zumga ham qo‘ymadi. Qalami unga kuch beradi. O‘zbek va tojik tillarida birday ijod qildi. Xalqimiz Anbar Otin ijodi bilan XX asrning 60-yillariga kelibgina tanishishga musharraf bo‘ldi.
Uning o‘zbek tilidagi she’rlari devoni 41 g‘azal, 4 muxammas, 1 qit’a, 1 masnaviy, 1 mustazoddan iborat.
1910 yili uning adabiyotimizning yorqin sahifasi bo‘lib qolgan eng mashhur “Qarolar falsafasi” nasriy asari yozilgan. Uning matbuotda 90 yaqin she’rlari e’lon qilingan. 1966-yili arab alifbosi harflariga bag‘ishlangan “Yakka baytlari” asari topildi. Ushbu asarda u har bitta harfga bag‘ishlab ruboiy va qit’a yozgan:
Shoira ijodida ijtimoiy-siyosiy mazmun kuchli ekanligi yaqqol sezilib turadi:
Kasb etar ohista-ohista kishi fazlu hunar,
Bog‘aro bulbul bolasi xushnavo kam-kam bo‘lur.
Murg‘i vahshini qilolmas hech kim yakbora rom,
Donayu domini qurding, mubtalo kam-kam bo‘lur.