Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh vazirlarining sammiti boshlandi — video

© Sputnik / Jantay MakenovBishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh vazirlarining sammiti boshlandi
Bishkekda ShHTga a’zo davlatlar bosh vazirlarining sammiti boshlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
“Ala-Archa” davlat qarorgohida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi, deya xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
Delegatsiyalar rahbarlarini kutib olish va suratga tushish marosimlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham Kongress-xollga yetib keldi.
Dasturda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashuv bo‘lgani aytilgan. Shundan so‘ng dasturga ko‘ra ikki soat davom etadigan uchrashuv boshlandi. Shuningdek, hujjatlarni imzolash va matbuotga bayonot berish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston hukumat rahbarlari, Eron vitse-prezidenti, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0