https://oz.sputniknews.uz/20231025/xanchjou-2022-para-engil-atletikachilar-yana-beshta-medal-qolga-kiritdi-40331464.html
Xanchjou-2022: para-yengil atletikachilar yana beshta medal qo‘lga kiritdi
Xanchjou-2022: para-yengil atletikachilar yana beshta medal qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar qo‘lga kiritdi.
2023-10-25T17:44+0500
2023-10-25T17:44+0500
2023-10-25T17:44+0500
sport
o‘zbekiston
xitoy
paraosiyo o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40331609_0:0:1080:608_1920x0_80_0_0_f71273521b3b45e0d0d72525abb6a0a0.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar qo‘lga kiritdi.Para-yengil atletikaTajribali para-yengil atletikachi Husniddin Norbekov Paraosiyo o‘yinlarida o‘zining beshinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan sportchi 15.90 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni Mohigul Hamdamova O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. Para-yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F57 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan sportchi eng yuqori natija bilan chempionlikka erishdi.Para-yengil atletika bahslarining ayollar o‘rtasida T11 klassida kechgan uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayorova Paraosiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Sportchi musobaqada 5.24 metr natija qayd etdi.Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova ham delegatsiyaga yana bir bronza medalini keltirdi. Sportchi ayollar o‘rtasida T12 klassida kechgan uzunlikka sakrash bahslarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.Erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha F63 klassida qatnashgan Muhammad Rixsimov 14.52 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.Para-taekvondoPara-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Guljanoy Naimova o‘z sovrinlari qatoriga Paraosiyo o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi. Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqa chempioniga aylandi.Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Asad Toshtemirov esa bronza medali sohibiga aylandi.Para-suzishPara-suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S8 klassida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bellashuv yakuniga yetdi. Unda qatnashgan Azizbek Boynazarov 1:09:03 daqiqa natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40331609_0:0:1080:810_1920x0_80_0_0_7c77b1920fd5cfe15ad426b7c770eab0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xanchjou-2022 para-yengil atletikachilar
xanchjou-2022 para-yengil atletikachilar
Xanchjou-2022: para-yengil atletikachilar yana beshta medal qo‘lga kiritdi
Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir qator medallar
qo‘lga kiritdi. Tajribali para-yengil atletikachi Husniddin Norbekov Paraosiyo o‘yinlarida o‘zining beshinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan sportchi 15.90 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni Mohigul Hamdamova O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasiga galdagi oltin medalni taqdim qildi. Para-yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F57 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan sportchi eng yuqori natija bilan chempionlikka erishdi.
Para-yengil atletika bahslarining ayollar o‘rtasida T11 klassida kechgan uzunlikka sakrash bahslarida Asila Mirzayorova Paraosiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Sportchi musobaqada 5.24 metr natija qayd etdi.
Para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yoqutxon Xolbekova ham delegatsiyaga yana bir bronza medalini keltirdi. Sportchi ayollar o‘rtasida T12 klassida kechgan uzunlikka sakrash bahslarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha F63 klassida qatnashgan Muhammad Rixsimov 14.52 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Para-taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Guljanoy Naimova o‘z sovrinlari qatoriga Paraosiyo o‘yinlarining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi. Ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda musobaqa chempioniga aylandi.
Erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Asad Toshtemirov esa bronza medali sohibiga aylandi.
Para-suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S8 klassida 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bellashuv yakuniga yetdi. Unda qatnashgan Azizbek Boynazarov 1:09:03 daqiqa natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.