Toshkentda “Chegara bilmas hamdo‘stlik” Yevroosiyo forumi bo‘lib o‘tmoqda

© Ramiz BaxtiyarovV Tashkente nachal rabotu II Yevraziyskiy forum po diagnostike i lecheniyu orfannix zabolevaniy "Sodrujestvo bez granis"
V Tashkente nachal rabotu II Yevraziyskiy forum po diagnostike i lecheniyu orfannix zabolevaniy Sodrujestvo bez granis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Forum ishtirokchilari noyob kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qimmatli amaliy tajribani o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkentda bolalardagi noyob kasalliklarni tashxislash va davolash bo‘yicha “Chegara bilmas hamdo‘stlik” II Yevroosiyo forumi ish boshladi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Forum ishtirokchilari noyob (kam uchraydigan) kasalliklarni tashxislash va davolash sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qimmatli amaliy tajribani o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Maqsadli auditoriya: genetiklar, pediatrlar, oftalmologlar, kardiologlar, ortoped-travmatologlar, terapevtlar, revmatologlar, gastroyenterologlar, endokrinologlar, nevrologlar, pulmonologlar, sog‘liqni saqlash tashkilotchilari, shuningdek Forumga a’zo mamlakatlarning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari.
Eslatib o‘tamiz, “Chegara bilmas hamdo‘stlik” noyob kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha birinchi Yevroosiyo forumi 2022-yil oktabr oyida aralash formatda – Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan edi.
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va O‘zbekistondan shifokorlar, olimlar, sog‘liqni saqlash tashkilotchilari ishtirok etdi. Forum 2022 natijasi noyob genetik kasalliklarni tashxislash, klinik tadqiq qilish va davolash bo‘yicha xalqaro ilmiy dasturlarni yaratishga yo‘naltirilgan Yevroosiyo tibbiy genetika assotsiatsiyasini shakllantirish bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0