Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu “Vostok” qo‘shinlari guruhining boshqaruv markazini tekshirdi

© Sputnik / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vaziri Shoygu “Vostok” qo‘shinlari guruhi qo‘mondonlik punktini tekshirdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maxsus operatsiya zonasiga ish safari chog‘ida “Vostok” qo‘shinlari guruhining Janubiy Donesk yo‘nalishidagi qo‘mondonlik punktining qishki harakatlarga tayyorligini tekshirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
“Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu maxsus harbiy operatsiya zonasiga ish safari chog‘ida Rossiyaning “Vostok” qo‘shinlari guruhining Janubiy Donesk yo‘nalishidagi qo‘mondonlik punktini tekshirdi”, — deyilgan xabarda.
Qo‘mondonlik punktida vazir "guruh komandiri va shtab ofitserlarining vaziyat, dushman harakatlarining mohiyati va asosiy taktik yo‘nalishlarda Rossiya qo‘shinlarining jangovar topshiriqlarini bajarishi to‘g‘risida hisobotlarini tingladi".
Bundan tashqari, “Vostok” guruhining qishki amaliyotlarga tayyorligi, jumladan, harbiy xizmatchilarni isitish vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘mondonlarning hisobotlari ko‘rib chiqildi.
"Vostok" guruhi qo‘mondoni general-leytenant Andrey Kuzmenko hujum va razvedka dronlaridan foydalanish bo‘yicha doimiy bo‘linmalarni shakllantirish, ularni shaxsiy tarkib va texnika, jumladan, FPV-dronlar bilan ta’minlash to‘g‘risida hisobot berdi.
Bundan tashqari, "Ukraina Qurolli kuchlari istehkomlarini egallash bo‘yicha jangovar topshiriqlarni bajarishda guruh tuzilmalari hujum otradlarining razvedka va o‘t ochish komplekslari bilan o‘zaro ta’sir qilish taktikasining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida" axborot berildi.
Yangiliklar lentasi
0