Rossiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash 9,5 foizga oshdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochie. Illyustrativnoe foto
Rabochie. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,5 foizga oshib, 23 ming kishiga yetdi, deb xabar berdi Tashqi migratsiyasi agentligi RIA Novostiga.
“2023 yilning yanvar-sentabr oylarida 23 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada uyushgan mehnatga jalb qilindi. O‘tgan yilning 9 oyida soni 21 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari ishga jalb qilingan. Shunday qilib, bir yilda tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash 9,5% ga oshdi", - deyiladi xabarda.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida jami 31 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi shartnomalar bo‘yicha turli xorijiy mamlakatlarga ishlash uchun ketgan (o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kamaygan).
Ma’lumot uchun, 2022-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash 2021-yilga nisbatan 3,6 baravarga kamayib — 28 ming kishini tashkil etgan edi. O‘zbekiston tomoni bu pasayishni chegaralarda kovidga qarshi choralari bekor qilingani bilan izohladi. Ko‘plab mehnat migrantlari mustaqil ishga keta boshlagan.
O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish to‘g‘risida shartnoma 2017-yilda imzolangan edi. Respublika Bandlik va kambag‘alikkni qisqartirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistondan xorijga mehnat qilish uchun chiqib ketgan fuqarolar soni 2 milliondan oshgan. Ularning 60% dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasida ishlaydi. Ayrim mehnat turlari mavsumiy bo‘lgani sababli har yili o‘rtacha 500-700 ming mehnat migrantlari O‘zbekistonga qaytib keladi.
Yangiliklar lentasi
0