https://oz.sputniknews.uz/20231025/qashqadaryoga-1-mlrd-dollarlik-investitsiya-kiritiladi-40323179.html
Qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik investitsiya kiritiladi
Qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik investitsiya kiritiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan ko‘rib chiqildi.
2023-10-25T14:57+0500
2023-10-25T14:57+0500
2023-10-25T16:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qashqadaryo
investitsiya
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40323299_159:120:1269:744_1920x0_80_0_0_9b307a4bf1c42b70749a90fccebb4261.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qarshi shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.Davlat rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo‘lib, “kun o‘tsa bo‘ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi. Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.Yig‘ilishda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan ko‘rib chiqildi.Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo‘sh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan. Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.Go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi.Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/19/40323299_139:0:1276:853_1920x0_80_0_0_f5cfc63f323fa998178e8ff25a536fcc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik investitsiya kiritiladi
qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik investitsiya kiritiladi
Qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik investitsiya kiritiladi
14:57 25.10.2023 (yangilandi: 16:04 25.10.2023) Yig‘ilishda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qarshi shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi
xabar berdi. Davlat rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo‘lib, “kun o‘tsa bo‘ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi.
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish o‘rinlari, yangi bozorlar, investitsiya, katta-katta tushumlar kerak”, - dedi prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yig‘ilishda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo va imkoniyatlar yechimlari bilan ko‘rib chiqildi.
Kelgusi yilda viloyatga 1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qilish zaminini hozirdan yaratish lozimligi qayd etildi.
Jumladan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo‘sh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan. Shu kabi, Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.
Go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirildi.
Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi.