https://oz.sputniknews.uz/20231025/qashqadaryoda-100-ming-gektar-yaylovni-yashil-ekinlar-bilan-qoplash-dasturi-amalga-oshiriladi-40325674.html
Qashqadaryoda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshiriladi
Qashqadaryoda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
2023-10-25T16:23+0500
2023-10-25T16:23+0500
2023-10-25T16:23+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qashqadaryo
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0b/19634662_0:0:3640:2048_1920x0_80_0_0_b0741fc77e728ab85c80aa32c23a704a.jpg
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Kelgusi yilda Qashqadaryoda ekin maydonlarining agrokimoviy tuproq tahlilini o‘tkazadigan 10 ta mobil laboratoriya tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidladi.Ta’kidlanishicha, viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million bosh qoramol va qo‘y-echki uchun tabiiy ozuqa bazasi. Lekin, Mirishkor, Muborak va Nishonda 20 foiz yaylov degradatsiyaga uchragan, yana 25 foizida yashil qoplama yo‘q.Bunda qurg‘oqchilik, issiq va cho‘llanishga qarshi urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor o‘simliklar ekiladi, ko‘p yillik daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi hamda quyosh energiyasida ishlaydigan nasoslar o‘rnatilib, yomg‘irlatib sug‘orish pilot loyihasi ishga tushiriladi.Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0b/19634662_44:0:2775:2048_1920x0_80_0_0_1f92908e59ad0708e09a87d3a2bc7296.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo yaylov yashil ekinlar bilan qoplash dasturi
qashqadaryo yaylov yashil ekinlar bilan qoplash dasturi
Qashqadaryoda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshiriladi
Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Kelgusi yilda Qashqadaryoda ekin maydonlarining agrokimoviy tuproq tahlilini o‘tkazadigan 10 ta mobil laboratoriya tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda
ta’kidladi.
Ta’kidlanishicha, viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million bosh qoramol va qo‘y-echki uchun tabiiy ozuqa bazasi. Lekin, Mirishkor, Muborak va Nishonda 20 foiz yaylov degradatsiyaga uchragan, yana 25 foizida yashil qoplama yo‘q.
Shu bois, kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Bunda qurg‘oqchilik, issiq va cho‘llanishga qarshi urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor o‘simliklar ekiladi, ko‘p yillik daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi hamda quyosh energiyasida ishlaydigan nasoslar o‘rnatilib, yomg‘irlatib sug‘orish pilot loyihasi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, Chorva mollari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil qilinib, Ispaniyaning “Assaf” qo‘ylaridan yangi milliy zotlar ko‘paytiriladi.
Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.