Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi — u yerda qanday imkoniyatlar bor?
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazini borib ko‘rdi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
To‘rt gektarlik hududda to‘rt qavatli zamonaviy binolar barpo etilgan. Barcha bo‘limlar eng so‘nggi rusumdagi ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan.
“Viloyatlar miqyosida hali bunday ulkan va zamonaviy tibbiyot markazi yo‘q, deyish mumkin”, — deyilgan xabarda.
Bu yerda 200 o‘rinli viloyat perinatal markazi, 200 o‘rinli shahar tug‘ruqxonasi, 50 qatnovli skrining markazi va 50 qatnovli reproduktiv markaz yagona majmuada jamlandi. Tug‘ish yoshidagi hamda homilador ayollarga tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrlarda bitta markazda ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoni yaratildi.
“Markaz ishga tushgach, bu yerda bir yarim ming nafar tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari bu yerda Germaniya, Belarus va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida shifokorlarning malakasini oshirish, markazda profilaktika va davolashning ilg‘or uslublarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Kelgusida markazda yiliga 8 ming nafardan ziyod patologik tug‘ruqlarni qabul qilish imkoni yaratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Markazda, shuningdek, kaminvaziv va laparoskopik amaliyot turlari 42 taga yetkaziladi. Tubektomiya, kistoektomiya, miomoektomiya va ventrofiksatsiya amaliyotlari yo‘lga qo‘yiladi.
O‘smir qizlar, ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom onalikka tayyorlashdan boshlab, homiladorlikda antenatal parvarish, skrining, tug‘ruq hamda keyingi ona va bola parvarishi jarayonlari bir joyning o‘zida tashkil etiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Markaz 860 dan ortiq mahalla doyalari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Yagona elektron baza orqali viloyatning barcha hududlaridagi homiladorlar va tug‘ish yoshidagi ayollar qamrab olinadi. O‘n yettita markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika tarkibidagi ayollar maslahatxonasi va o‘n sakkizta tug‘ruq majmuasi bilan aloqa o‘rnatiladi.
Bu orqali markaz xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yo‘naltiradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi qurildi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Nikohlanuvchilar, homilador va tug‘ish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan o‘tkazadi. Irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi.