Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarni tabrikladi

© Foto : Ministerstvo vnutrennix del Respubliki UzbekistanIIV xodimlari
IIV xodimlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlari tizimda burokratiya va fuqarolarni sarson qilish holatlari bartaraf etiladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.

"Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda sizlarning o‘z zimmangizdagi g‘oyat muhim vazifalarni mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingizni alohida ta’kidlashni istardim", — deya qayd etdi prezident.

Ta’kidlanishicha, 350 dan ziyod mahallada huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi, 9,5 mingga yaqin mahallada profilaktika inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlarning mantiqiy davomi sifatida “mahalla yettiligi” tizimi tashkil etildi.
"Ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining 80 foizi elektron shaklga o‘tkazilib, tizimda burokratiya va fuqarolarni sarson qilish holatlari bartaraf etiladi", — deyiladi tabrik matnida.
Har bir faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va jamoatchilik tomonidan monitoring qilib borish amaliyotini “mahalla – tuman – viloyat – respublika” tamoyili asosida tashkil etish choralari ko‘riladi.
Yangiliklar lentasi
0