Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 25-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishTOS-1A "Solnsepek" v zone spetsoperatsii.
TOS-1A Solnsepek v zone spetsoperatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi og‘ir olov otuvchi qurollar yordamida (TOS) Timkovka, Sinkovka va Nadiya aholi punktlari hududlarida UQKning 14, 32, 43, 54 va 67-mexanizatsiyalashgan va 101-hududiy mudofaa brigadalarining 15 ta hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 145 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita BMP va ikkita texnikani tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jangda AQShda ishlab chiqarilgan M777 gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi. Volchansk va Ogursovo aholi punktlari hududlarida UQKning 1-maxsus maqsadli brigadasining o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Grigorovka va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi, 15-Milliy gvardiya polkining 3 ta hujumini qaytardi. Torskoe aholi punkti hududida UQKning 63-mexanizatsiyalashgan brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasi yoqib yuborildi. Kun davomiad 30 nafargacha ukraina harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta avtomobil yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari Kurdumovka, Andreyevka, Kirovo va Malolinovka aholi punktlari hududlarida UQKning 24-mexanizatsiyalashgan va 77-aeromobil brigadalarining beshta hujumini qaytardi. Krasnoe, Andreyevka, Klesheyevka va Bogdanovka aholi punktlari hududlarida UQK shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 500 dan ortiq harbiy xizmatchilar (qurbonlar va yaralangan) bir tank, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita pikapni tashkil etdi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M119 gaubitsasi va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasiga zarba berildi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Ugledar, Urojaynoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan, 58-moto-o‘qchi va 128-hududiy mudofaa brigadalarining ishchi kuchi to‘plangan pozitsiyalarga zarba berdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Verbovoe va Rabotino, Zaporoje aholi punktlari hududlarida 82-mexanizatsiyalashgan va 65-havo hujumi brigadalarining beshta hujumni qaytardi. Dushmanning kunlik yo‘qotishlari 85 nafar harbiy xizmatchi, to‘rtta tank, beshta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomashinani tashkil etdi.
Bundan tashqari, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, D-20 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M119 to‘piga zarba berildi.
Xerson yo‘nalishida, Aleshkinskiy orolida va Dnepr bo‘yidagi kichik temir yo‘l ko‘prigida dushman qo‘shinlariga zarba berildi. UQK yo‘qotishlari 110 dan ortiq harbiy xizmatchi, uchta mashina va "D-30" gaubitsasini tashkil qildi.
Armiya aviatsiyasi, uchuvchisiz apparatlari, raketa kuchlari UQKning shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasini joylashgan 105 ta pozitsiyaga zarba berdi.
Bundan tashqari, DXRning Serebranka qishlog‘i hududida Ukraina Milliy gvardiyasining 15-polki qo‘mondonlik va kuzatuv postiga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari DXRning Krasnoarmeysk, Kazachiy lager va Sinelnikovo aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita MiG-29, Su-25 va L-39 jangovar o‘quv samolyotini urib tushirdi.
So‘nggi 24 soat ichida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita ATACMS operativ-taktik raketasi, yerdagi nishonlar uchun moslashtirilgan S-200 zenit-raketasi, shuningdek, ikkita HARM radarga qarshi raketa va AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HIMARS raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Zolotarevka, Nirkovo, Topolevka, Novoselovka, Injenernoe, Mirnoe, Peschanovka, Tavoljanka va Olshana aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 51 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlari 515 ta samolyot, 253 ta vertolot, 8 271 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12 930 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1169 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 6 875 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14 662 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0