Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Biz Falastin uchun kafil bo‘lishga tayyormiz — Erdog‘an

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an. Arxiv surat
Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘an Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarishni boshlash zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Turkiya o‘zining siyosiy va harbiy mavqeyi tufayli Falastin uchun kafil bo‘lishi mumkin, dedi Rejep Tayyip Erdog‘an Turkiya parlamentidagi chiqishida.

“Biz o‘zimizning gumanitar, siyosiy va harbiy mavqeyimiz tufayli Falastin tomoni uchun kafil bo‘lishga tayyormiz”, — dedi Erdog‘an Turkiya parlamentida so‘zlagan nutqida.

Shuningdek, Turkiya prezidenti mojaroning ikkala tomoni ham "barmoqlarni tepkidan olib" tinchlik muzokaralariga tayyorlanik kerakligini ta’kidladi.

"Biz mintaqadagi barcha ishtirokchilar ishtirok etadigan xalqaro Falastin-Isroil tinchlik konferensiyasini tashkil etishni taklif qilamiz", — dedi Erdog‘an.

Qolaversa, Turkiya yetakchisi Isroilga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilganini ma’lum qildi.

“Isroilga tashrif dasturim bor edi, uni bekor qildim, tashrif bo‘lmaydi”, - dedi Erdog‘an.

Turkiya prezidenti nutqidan boshqa asosiy fikrlar:

Erdog‘an barcha mamlakatlarni “sog‘lom aql va vijdon bilan” Netanyaxu hukumatiga yahudiy davlatining G‘azo sektoridagi harakatlarini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishi va yanada inklyuziv bo‘lishi kerak.
Turkiya Isroil tomonidan o‘qqa tutilayotgan G‘azo sektoriga gumanitar yordam jo‘natishda davom etish niyatida, "Rafah" chegara punkti ochilishi kerak.
Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan birgalikda yutqazadi, chunki ular adolat o‘rnatilishiga qarshi, hujumlarni oqlash esa G‘arbning qonli tarixidan qolgan.
Anqara Falastinning HAMAS radikal harakatini terrorchi tashkilot emas, balki “ozodlik guruhi” deb biladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Falastinning HAMAS harakati Isroilga ommaviy raketa hujumi uyushtirdi va chegara oldi hududlarga bostirib kirdi. Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorini raketa va samolyotlar yordamida bombardimon qildi. Shuningdek, Isroil G‘azo sektorini to‘liq blokadasini e’lon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilg‘i yetkazib berish to‘xtatildi.
Bo‘lib o‘tgan voqealar oqibatida G‘azo sektorida qurbonlar soni 5 mingdan oshdi, 15 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Shundan 1,3 mingdan ortiq odam Isroildan, qolganlar Falastin tomonida. Qurbonlar orasida yuzlab bolalar bor. Shuningdek, 200 nafarga yaqin isroillik XAMAS qo‘lida asirda bo‘lishi mumkin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Isroil-Falastin muammosini faqat bir yo‘l bilan — BMT Xavfsizlik Kengashining 1947-yildagi qaroriga asosan mustaqil Falastin davlatini yaratish orqali hal etilishi mumkinligini ma’lum qilgan. Bugungi kunda faqat Isroil davlati yaratilgan. Falastin hududlari to‘liq ozod qilinmagan.
Yangiliklar lentasi
0